Jarayon

To'qqiz bosqich. Har biridan qanday natija olinishi aniq.

"Yordam beramiz" degan gap hech narsani anglatmaydi. Quyida har bir bosqichda qanday hujjat tayyor bo'lishi yozilgan.

  1. 01

    Profil tahlili

    Baholar, testlar, qiziqishlar, oila byudjeti. Bir xil metodika bilan.

    Natija

    Profil hisoboti

  2. 02

    Yo'nalish va kasb

    Nimani o'qish kerakligini universitet tanlashdan oldin aniqlaymiz.

    Natija

    Kasb yo'nalishi

  3. 03

    Davlat tanlash

    Profil va byudjet qaysi davlatlarda real ishlashini taqqoslaymiz.

    Natija

    Davlat taqqoslashi

  4. 04

    Universitet tanlash

    Ambitsiyali, mos va ishonchli variantlar. Ishonchli — qabul ehtimoli yuqori va narx ko'tarsa bo'ladigan degani.

    Natija

    Universitet ro'yxati

  5. 05

    Ariza strategiyasi

    Qaysi turda, qaysi muddatga, qanday tartibda. Teskari kalendar bilan.

    Natija

    Ariza rejasi

  6. 06

    Esse (Insho) va Personal Statement

    Har bir o'quvchi o'z hikoyasiga ega, biz esa ushbu hikoyani o'quvchi bilan birgalikda yanada yaxshilashga va undan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Hikoyani o'quvchi yozadi, biz esa tahrir qilamiz.

    Natija

    PS qoralamasi

  7. 07

    Grant va stipendiya

    Sanalari umumiy qabul jarayoni tugashidan oldin yakunlanadi. Shuning uchun unga hujjat topshirish alohida bosqich hisoblanadi. Barvaqtroq harakat qilish = ko'proq ustunlik.

    Natija

    Moliya rejasi

  8. 08

    Viza

    Hujjatlar, moliyaviy talab, 18 yoshgacha bo'lganlar uchun ota-ona roziligi.

    Natija

    Viza hujjatlari ro'yxati

  9. 09

    Jo'nashdan oldin

    Turar joy, bank, sug'urta, birinchi hafta. Firibgarlikdan saqlanish.

    Natija

    Pre-departure ro'yxati

Ochiq gaplashamiz

Buni va'da qilmaymiz

  • Va'da qilmaymiz: Qabulni kafolatlaymiz
  • Va'da qilmaymiz: Vizani kafolatlaymiz
  • Va'da qilmaymiz: Tanishlar orqali joy topamiz
  • Va'da qilmaymiz: Sizga mos kelmaydigan universitetni tavsiya qilamiz
  • Va'da qilmaymiz: Essengizni siz uchun yozib beramiz

Biz qiladigan ish boshqa:

  • Jarayonni to'g'ri quramiz
  • Har bir muddatni nazorat qilamiz
  • Ro'yxatni real imkoniyat asosida tuzamiz
  • Nima kirmasligini oldindan yozib beramiz

Qayerdan va qachondan boshlashni bilmayapsizmi?

20 daqiqa. Profilingizni ko'rib chiqamiz va qaysi yo'nalish siz uchun real imkoniyat ekanligini aytamiz. Agar bizning yordamimiz kerak bo'lmasa, buni ham aytamiz.

Bepul suhbatni band qilish